Yosh olimlar seminari

 

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix institutining Yosh olimlar kengashi institut qoshidagi doimiy faoliyat yurituvchi jamoat tuzilmasidir.

Yosh olimlar kengashining asosiy maqsadi Tarix instituti yoshlarini ilmiy-tadqiqot faoliyatiga tizimli asosda yo‘naltirish, mavjud ilmiy maktablar an'analarini davom ettirish, yangi ilmiy maktablarni shakllantirishga zamin yaratish, yosh olimlar ilmiy-ijodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini izchil rivojlantirish, ularning mutaxassisliklari hamda tadqiqot mavzulariga oid qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Kengashning tarkibiy tuzilmasi kengash raisi, uning o‘rinbosari va a'zolardan iborat. Kengash 40 yoshgacha bo‘lgan doktorantlar, tayanch doktarantlar, stajyorlar, mustaqil izlanuvchilar, yosh olim va mutaxassislardan shakllantiriladi.

Kengash tomonidan an'anaviy tarzda ilmiy seminarlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, unda tarix fanining turli tarmoqlari va yo‘nalishlari doirasidagi tadqiqotlar ko‘lami qamrab olingan. Ilmiy seminarlar uch yo‘nalishda tashkil qilinmoqda:

-        institutning tayanch doktorantlari, doktorantlari va yosh olimlar tomonidan tadqiq etilayotgan mavzusi doirasidagi chiqishlar;

-        institut professor olimlarining tarix fani dolzarb masalalariga doir ma'ruzalari;

-        Respublikada va xorijiy davlatlarda faoliyat yuritayotgan yetakchi tarixchi olimlarning tadqiqot metodologiyasi, tarix fanida qo‘lga kiritilgan so‘ngi tadqiqot natijalari hamda uning mohiyatiga oid ma'ruzalar.