Xalqaro hamkorlik
Tarix institutining xalqaro munosabatlardagi faol bosqichi 2000-yildan boshlandi. Institutning bu sohadagi muhim yo‘nalishdan biri xalqaro aloqalarni kengaytirish va istiqbolli shartnomalarning imzolanishidir. Institut o‘zaro hamkorlik qilish uchun Jorjiya universiteti, Vashington univerisiteti (AQSh), Kashmir universiteti qoshidagi Markaziy-Osiyo tadqiqotlari markazi (Hindiston), Bonn universiteti, Ekkert nomidagi Xalqaro institut (Germaniya), Rossiya FA Etnologiya va arxeologiya instituti, Kuban slavyan davlat pedagogika instituti, Oltoy davlat pedagogika akademiyasi (Rossiya), Stokgolm universiteti (Shvetsiya), TOO “Arxeologiya ekspertizasi” va “Turon” universiteti (Qozog'iston), Moldova FA Tarix, davlat va huquq instituti, Koryo universiteti, Dongguk universiteti, Myondjil universiteti, Xanyang universiteti, Chosun universiteti, Xorij tadqiqotlari Pusan universiteti, Koreya xalqaro aloqalar universiteti, Osiyo madaniyatlarni rivojlantirish instituti (Koreya), Konrad Adenauer fondi bilan shartnomalar imzolangan.
Xalqaro hamkorlikning boshqa muhim yo‘nalishlaridan yana biri xalqaro anjumanlarning Institut bazasida o‘tkazilayotganligi yoki ularni sifatli tashkillashtirishda Institutning faol ishtirok etayotganligidir.
Tarix instituti 2002–2004-yillarda IACD (Korea respublikasi) bilan birgalikda uchta xalqaro anjuman tashkillashtirgan.
2006-yil Tarix instituti Jorjiya universiteti (AQSh) bilan hamkorlikda Markaziy Osiyoda xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik masalalariga doir xalqaro anjumanni o‘tkazdi.
2007-yil Tarix instituti Toshkent Islom universiteti bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyoda islom qadriyatlari: tolerantlik va ijtimoiylik” mavzusida YuNESKOning O‘zbekistondagi bo‘limi, IFEAC (Fransiya) va MOXTI (IICAS-UNESCO) ning moliyaviy ko‘magida xalqaro anjuman o‘tkazildi.
2008-yil Institut IFEAC (Fransiya), MOXTI (IICAS-UNESCO), IACD (Korea respublikasi) moliyaviy hamkorligida “XX asrning birinchi choragida Markaziy Osiyo xalqlarining ijtimoiy hayoti” mavzusida xalqaro anjuman o‘tkazildi.
2001–2021-yillarda xalqaro grantlar va shartnomalar doirasida 67 ta xodim chel el tajribalarini ilmiy o‘rganish uchun dunyoning 21 mamlakatida bo‘lishdi. Shu yillarda institut xodimlari dunyoning 27 mamlakatida o‘tkazilgan 154 ta ilmiy konfrentsiyalarda ma’ruzalari bilan chiqishdi va dunyoning 13 ta davlatlaridagi ilmiy jurnal va to‘plamlarida 153 ta ilmiy maqolalari chop etildi.
Bir vaqtning o‘zida Institut chet el olimlari va aspirantlarini qabul qilmoqda. Jumladan, 2004–2021-yillarda Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Hindiston, Italiya, Xitoy, Koreya, AQSh, Turkiya, Shveytsariya, Shvetsiya, Gollandiya, Turkiya, Yaponiya, Kanada, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va boshqa mamlakatlardan 100 ga yaqin tadqiqotchilar institut bilan hamkorlikda faoliyat olib bordi.
Xususan, 2016-yildan bugungi kunga qadar AQSh, Buyuk Brinatiya, Frantsiya, Germaniya, Rossiya, Gollandiya, Turkiya, Yaponiya, Xitoy, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va boshqa mamlakatlardan 40 dan ortiq tadqiqotchilar Tarix intitutida ma’ruza qildilar hamda malaka oshirdilar.
O‘tgan davr mobaynida institut xorijiy hamkorlar bilan birgalikda qator xalqaro loyihalarda ishtirok etdi. Masalan, Volksvagen fondi grantlari asosida 2010–2012-yillarda amalga oshirishlgan “The archives talk” mega loyihasida, 2015–2020-yillarda Volksvagen fondining “Sirdaryo havzasi aholisining ijtimoiy va ekologik madaniyati tarixi”, 2017–2021-yillarda Yevropa ittifoqining Erasmus+ xalqaro ilmiy loyihasi va 2020–2023-yillar Fransiya ijtimoiy fanlar oliy maktabi bilan hamkorlikda "Markaziy Osiyo xalqlarining marosim iqtisodiyoti" nomli xalqaro ilmiy loyihalar shular jumlasidandir.