Tarixshunoslikni O‘zbekistonda ilmiy yo‘nalish sifatida rivojlantirish XX asrning 60-yillari oxiriga to‘g‘ri keldi. Bunda O‘zbekiston FA Tarix institutida "Tarixshunoslik, manbashunoslik va arxeologiya" bo‘limi tashkil etilishi katta ahamiyat kasb etdi. Uning birinchi rahbari taniqli olim B. V. Lunin edi.
1989-yilda O‘zR FA Tarix institutida bo‘lim tashkil etilganining 20 yilligi munosabati bilan O‘rta Osiyo va Qozog‘iston tarixshunoslari ishtirokida dastlabki mintaqalararo "Tarixshunoslik o'qishlari" tashkil etildi va o‘tkazildi.
1993-yil 27-28-oktyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 50 yilligi munosabati bilan "Tarixshunoslik va manbashunoslik" bo‘limi tomonidan "Mustaqillik davri O‘zbekiston tarixshunosligi" mavzusida ikkinchi mintaqalararo "Tarixshunoslik o‘qishlari" tashkil etildi va o‘tkazildi.
2003-yil 3-4-dekabr kunlari bo‘lim tomonidan "O‘zbekistonda tarix fani: taraqqiyot yutuqlari va muammolari" mavzusida uchinchi "Tarixshunoslik o‘qishlari" o‘tkazildi.
An'anaviy bo‘lib ulgurgan, to‘rtinchi "Tarixshunoslik o‘qishlari" 2006-yil 4-5-dekabr kunlari bo‘lib o‘tdi va B. V. Luninning 100 yilligiga bag‘ishlandi. Beshinchi "Tarixshunoslik o‘qishlari" 2010-yil dekabr oyida bo‘lib o‘tdi va O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20 yilligiga bag‘ishlandi. O‘qish materiallari 2011 -yilda chop etildi.
2013-yil 20-dekabr kuni "Markaziy Osiyo intellektual taraqqiyoti kontekstida tarix fani" mavzusida oltinchi "Tarixshunoslik o‘qishlari"bo‘lib o‘tdi. O‘qishlar O‘zR FA tarix institutining 70 yilligiga bag‘ishlandi.
2017-yil 27-dekabr kuni "O‘zbekistonda tarix fani: muammolar va rivojlanish istiqbollari" mavzusida yettinchi "Tarixshunoslik o‘qishlari" bo‘lib o‘tdi.
2019-yil 9-oktabr kuni O‘zbekistonda tarix fanining istiqbollari: yutuqlar va muammolar” mavzusidagi navbatdagi, sakkizinchi "Tarixshunoslik o‘qishlari" bo‘lib o‘tdi.
An'anaga ko‘ra, yig‘inda quyidagi mavzular yoritilgan: 1. Tarix fanlari tarixi va muammoli tarixshunoslik masalalari; 2. Arxeologiya tarixshunosligi; 3. Etnologiya tarixshunosligi masalalari; 4. O'zbekiston XX asrning xorijiy tarixshunosligida; 5. Manbashunoslik muammolari; 6. Tarixiy tadqiqotlar metodologiyasi masalalari; 7. Shaxsiy tarixshunoslik
O‘tkazilayotgan tarixshunoslik o‘qishlarining muhim natijalari sifatida quyidagi ilmiy asarlar nashr etildi:
Ўзбекистонда тарих фани: ютуқлар ва ривожланиш муаммолари. Тарихшунослик ўқишлари – 2004 материаллари (Историческая наука в Узбекистане: достижения и проблемы развития. Материалы историографических чтений – 2004). I қисм. [Масъул муҳаррир Д. Алимова].Тошкент, 2006. 157 бет.
Ўзбекистонда тарих фани: ютуқлар ва ривожланиш муаммолари. Тарихшунослик ўқишлари – 2004 материаллари (Историческая наука в Узбекистане: достижения и проблемы развития. Материалы историографических чтений – 2004). II қисм. [Масъул муҳаррир Д. Алимова]. Тошкент, 2006. 115 бет.
Тарихшунослик ўқишлари. Историографические чтения, посвященные памяти Б.В. Лунина. Сборник материалов конференции. [Отв. редактор Д. Алимова]. Ташкент: Фан, 2010. 261 стр.
Историографические чтения – 2011. Сборник материалов конференции.[Отв. редактор Д. Алимова]. Ташкент: Yangi nashr, 2011. 426 стр.
Историческая наука в контексте интеллектуального развития Центральной Азии. [Отв. редактор Д. Алимова]. Ташкент, 2014. 367 стр.
Ўзбекистонда тарих фани: муаммолар ва ривожланиш истиқболлари. Тарихшунослик ўқишлари – 2017. Тошкент: Академнашр, 2018. 495.