Qabul tartibi

 

1. Tayanch doktoranturaga:

  • magistr akademik darajasiga (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) ega bo‘lganlar;
  • falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertasiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy natijalar, shu jumladan, ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ikkitadan kam bo‘lmagan ilmiy to‘plamlarga kiritilgan ma'ruza tezislariga ega bo‘lganlar qabul qilinadi.

2. Stajyor-tadqiqotchilik va tayanch doktoranturada o‘qishga talabgorlar 15-sentyabrdan - 15-oktyabrga qadar  Innovatsion rivojlanish vazirligining http://phd.mininnovation.uz yagona tizimi orqali tegishli hujjatlarni taqdim etadilar:

  • ariza;
  • qisqacha biografik ma'lumotnoma;
  • magistr diplomi nusxasi;
  • nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxalari.

3. Doktoranturaga:

  • fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki ularga tenglashtirilgan xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajaga ega bo‘lganlar;
  • fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi yoki ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar olgandan so‘ng muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertasiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqola hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy to‘plamlarda kamida ikkita tezisga ega bo‘lganlar qabul qilinadi.

 Doktoranturada o‘qishga talabgorlar 15-sentyabrdan  - 15-oktyabrga qadar  Innovatsion rivojlanish vazirligining http://phd.mininnovation.uz yagona tizimi orqali tegishli hujjatlarni taqdim etadilar:

  •  ariza;
  •  qisqacha biografik ma'lumotnoma;
  •  oliy ma'lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
  •  tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma'ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertasiyasi rejasining mufassal loyihasi;
  •  nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxalari.