2021-yil 15-iyul kuni soat 14:00 da O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc 02/30.12.2019. Tar.56.01. raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘ladi. Mazkur yig‘inda Malika Saydiaxralovna To‘xtaevaning tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan “XX asrning 20-40 – yillarida O‘zbekiston tasviriy san’atining ijtimoiy tarixi” mavzusida dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tadi.
Ixtisoslik shifri: 07.00.01 – “O‘zbekiston tarixi”
Ilmiy rahbar: tarix fanlari doktori, professor Dilorom Agzamovna Alimova.
Rasmiy opponentlar: san’atshunoslik fanlari doktori, professor, fanlar akademiyasi va Badiiy akademiya akademigi Akbar Abdullaevich Hakimov va tarix fanlari doktori, dotsent Muhayyo Sirojidinovna Isoqova.
Yetakchi tashkilot Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Manzil: 100170, Toshkent shahri, Shahrisabz tor ko‘cha 5-uy. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti. 8-qavat.
Tel.: (+99871) 233-54-70;
faks: (+99871) 233-39-91;
email: info@tarixinstituti.uz Fanlar akademiyasi Tarix instituti.