⚠️|
Olimlar bilan davra suhbati

Olimlar bilan davra suhbati

     Tarix institutida Ohayo davlat universiteti professori Skot Levay, Kolorado universiteti professori Kvangmin Kim, Prinston universiteti  tadqiqotchisi Ali Jibran Siddiqiy va Sharjadagi Amerika universiteti professori Alisher Xoliyorov ishtirokida davra suhbati boʻlib oʻtdi. 
      Tarix instituti direktori, akademik Azamat Ziyo davra suhbatining yuzochdi qismida institutda amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqotlar haqida ma'lumot berib o'tdi va Ohayo davlat universiteti professori Skot Levayga so'z berdi. Olim institut rahbariyatiga minnatdorchilik bildirdi va o'zining tadqiqot mavzusi haqida, AQShda Turkiston tarixini o'rganish bo'yicha qilinayotgan ishlarga to'xtalib o'tdi. Shundan so'ng, davra suhbati savol-javob tarzida davom etdi. Institut ilmiy xodimlari va yosh tadqiqotchilar tomonidan Turonning iqtisodiy tarixiga oid berilgan savollarga chet ellik olimlar mavzusi doirasida javob berdilar. Davra suhbati so'ngida mеhmonlarga institut olimlari tomonidan chop etilgan kitoblar va "O'zbekiston tarixi" jurnali to'plami sovg'a qilindi.

Boshqa yig'inlar