“Zahiriddin Muhammad Bobur – buyuk tarixiy shaxs va davlat arbobi” umummilliy yig‘ini
Tarix institutida 2025 yil 14 fevral kuni Zahiriddin Muhammad Bobur tug‘ilgan kunining 542 yilligiga bag‘ishlab “Zahiriddin Muhammad Bobur – buyuk tarixiy shaxs va davlat arbobi” umummilliy yig‘ini bо‘lib о‘tdi.
Yig‘inni Tarix instituti direktori, akademik Azamat Ziyo ochib berdi. Zahiriddin Muhammad Boburning kishilik tarixidagi о‘rnini tadqiq etishning dolzarbligi, bu borada mutaxassislar tayyorlash zaruratini ta’kidlab о‘tdi.
Yig‘inda Temuriylar tarixi muzeyi katta ilmiy xodimi Botir Yо‘ldoshev Zahiriddin Muhammad Boburning davlatchilik faoliyati, tarix fanlari doktori, professor Shafoaddin Deniz Zahiriddin Muhammad Boburning 1510 – 1512 yillardagi Eron safaviylari bilan kelishuvi, Muhammadxon Shayboniy bilan kurashi va о‘sha davr siyosiy muhiti haqida ma’lumot berdi.
Tarix instituti kichik ilmiy xodimi Farida Sultonova 1612 yili yaratilgan “Jahongirnoma” asaridagi boburiylarga oid qimmatli ma’lumotlarni, tarix fanlari bо‘yicha falsafa doktori Nizomiddin Gulboyev Zahiriddin Muhammad Bobur harbiy yurishlarining asoslarini manbalar va miniatyuralar asosida ochib berdi. Institut tayanch doktoranti Davronbek Olimjonov Zahiriddin Muhammad Boburning elshunoslik jihatlarini, institut kichik ilmiy xodimi Islom Bо‘riyev buyuk davlat arbobining astronomiyaga oid qarashlari haqida ma’ruza qildi.
Ma’ruzalar tugagach, chiqishlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi, savol-javob bо‘lib о‘tdi.
Yig‘in sо‘nggida institut direktori, akademik Azamat Ziyo Zahiriddin Muhammad Bobur bо‘yicha yirik tadqiqotlar amalga oshirish lozimligi, uning saltanatchilik, harbiy soha bilimdoni sifatidagi faoliyati, elshunoslik, aniq va tabiiy fanlar bо‘yicha tadqiqotlarini ilmiy jihatdan о‘rganish kerakligini ta’kidladi.