⚠️|
Маҳмудхўжа Беҳбудий – жадидчилик миллий ҳаракати етакчиси

Маҳмудхўжа Беҳбудий – жадидчилик миллий ҳаракати етакчиси

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 19 iyuldagi “Siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o‘rganish, targ‘ib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish to‘g‘risida”, 2024 yil 27 dekabrdagi “Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 4 noyabrdagi “2025-2026 yillarda mamlakatimizda qatag‘on qurbonlari hayoti va faoliyatini targ‘ib etish ishlarini yanada jadallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida jadidchilik tarixi, uning yirik namoyandalarining ibratli hayoti va ilmiy merosini tadqiq qilish belgilab qo‘yilgan.
Ushbu hujjatlar ijrosi yuzasidan O‘zbekiston  Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix institutida “Mahmudxo‘ja Behbudiy – jadidchilik milliy harakati yetakchisi” umummilliy ilmiy yig‘ini o‘tkazildi.  Unda millat oydinlari, Tarix institutining ilmiy xodimlari, tinglovchilar, qiziquvchilar, ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdi.

Yig‘in avvalida Tarix instituti direktori, akademik Azamat Ziyo so‘nggi yillarda jadidchilik milliy harakati tarixi, ayniqsa, uning yetakchisi Mahmudxo‘ja Behbudiyning hayoti, faoliyati va ilmiy merosi bo‘yicha tadqiqotlar soni ham, sifati ham oshib borayotgani, umummilliy va ellararo ilmiy yig‘inlar o‘tkazilayotgani haqida to‘xtalib, hali qilinishi kerak bo‘lgan izlanishlar, mutaxassislar tayyorlash yuzasidan fikr bildirdi.

Yig‘inda Tarix instituti direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, tarix fanlari doktori, professor, atoqli tarixchi olima  Dilnoza Jamolova “Mahmudxo‘ja Behbudiyning turmushi, ishi, ilmiy-ijodiy merosini o‘rganish muammolari”, Tarix instituti bosh ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori, professor Qahramon Rajabov “Mahmudxo‘ja Behbudiy shaxsiyati”, ushbu ilmiy jamoa bosh ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori, professor Muhayyo Isoqova “Mahmudxo‘ja Behbudiy faoliyatiga oid arxiv hujjatlari” va boshqalar jadidchilik harakatiga oid qiziqarli ilmiy mavzular yuzasidan ma’ruzalar qildi.  

Institut katta ilmiy xodimi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Gulmira Achilova “Mahmudxo‘ja Behbudiyning ijtimoiy qarashlari”, institut katta ilmiy xodimi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Feruza Amonova “Mahmudxo‘ja Behbudiyning iqtisodiy qarashlari”, institut kichik ilmiy xodimi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Daler Mirzayev “Mahmudxo‘ja Behbudiyga qilingan aholi murojaatlari tahlili (“Turkiston viloyatining gazeti”dagi savol-javoblar asosida),  institut kichik ilmiy xodimi Asadullo Hasanov “Mahmudxo‘ja Behbudiyning tashkilotchilik faoliyati va Samarqanddagi “Oltoy jamiyati” hamda institutning tayanch doktoranti Mahmuda G‘oyibnazarova “Mahmudxo‘ja Behbudiyning kutubxonachilik faoliyati” bo‘yicha yangi ma’lumotlarni taqdim etdi.

Tadbir so‘ngida olimlarning chiqishlari bo‘yicha yig‘ilganlarning fikrlari tinglandi va bu kabi umummilliy yig‘inlarning muntazam o‘tkazilishi zaruratga aylanishiga alohida urg‘u berildi.

Boshqa yig'inlar