⚠️|
“Yozma manbalarda Turon harb ishi tarixi” birinchi ellararo ilmiy yig‘ini

“Yozma manbalarda Turon harb ishi tarixi” birinchi ellararo ilmiy yig‘ini

“Yozma manbalarda Turon harb ishi tarixi” mavzusida FA Tarix instituti tashabbusi bilan uyushtirilgan birinchi ellararo ilmiy yig‘in o‘ziga xos ahamiyatga ega. Chunki milliy tarixshunosligimizda Turon harb ishi tarixi masalasi alohida o‘rin egallaydi. Milliy davlatchilik va harbiy tuzilmalar shakllanish jarayonlarini o‘rganishda, yozma manbalarda qayd etilgan ma’lumotlar hamda arxeologik topilmalarga tayanish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu jarayonda harbiy qo‘mondonlik tizimi, qo‘shinlarning tashkil etilishi, qurol-yarog‘ va jang san’ati haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilish, shuningdek, ularning davlat boshqaruvi va taraqqiyotida tutgan o‘rnini belgilash tarixiy ilmiy izlanishlarning dolzarb yo‘nalishidir. Shu bois, mazkur sohadagi muammolarni aniqlash va ularning yechimini topish, shuningdek, yosh tadqiqotchilar ishtirokida

Yig‘inning yuzochdi qismida Tarix instituti direktori, akademik Azamat Ziyo so‘zga chiqdi. U o‘z nutqida Turon harb ishi tarixi yoritilgan yozma manbalarni chuqur o‘rganish zarurati, ushbu masalani ilmiy jihatdan tadqiq etishning dolzarbligi va bugungi kundagi ahamiyatini alohida ta’kidladi.

Yig‘inning asosiy qismida FA Tarix instituti kichik ilmiy xodimi Akobir Toirov ma’ruza bilan chiqdi. U “Odob al-harb va-sh-shijoat” asari asosida harbiy ishga oid muhim masalalarni yoritib, manbada keltirilgan qimmatli ma’lumotlar haqida ishtirokchilar bilan fikr almashdi.

FA Tarix instituti kichik ilmiy xodimi Ulug‘bek Olimov o‘z ma’ruzasida “Kitob az-zaxair val-tuhaf” asarida keltirilgan Somoniylar sulolasi harbiy tarixi haqidagi ma’lumotlar bilan ishtirokchilarni tanishtirdi.

Turkiyalik mustaqil tadqiqotchi Muhammad Amin Kochak Temuriylar davri tarixi haqida ma’ruza qilib, “Mu’iz-ul ansob” asarida keltirilgan Amir Temurning qo‘mondonlari haqidagi qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etdi.

Ozarbayjonning Boku davlat universiteti professori Lola Og‘amirza Alieva o‘z ma’ruzasida o‘rta asr arab mualliflarining asarlari asosida Xalifalik qo‘shini tarkibidagi turklar haqidagi fikrlarini bayon etdi.

FA Tarix instituti kichik ilmiy xodimi, Javohir Azimqulov o‘z ma’ruzasida “Fazoil al-atrok” asarida bayon etilgan turkiy xalqlarning harbiy mahorati haqida so‘z yuritdi.

Arab manbalari asosida Amir Temur qo‘shinida maxfiy xizmat va uning faoliyati haqida FA Tarix instituti kichik ilmiy xodimi Elyorbek Turdimirzaev qiziqarli va qimmatli ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi.

Ozarbayjon Milliy Fanlar akademiyasi Tarix va etnologiya instituti doktoranti Narimon Sheraliev o‘z ma’ruzasida Oqquyunlilar qo‘shinining harbiy anjomlari haqida ma’lumot berdi. Ushbu ma’ruzada manbalarda qayd etilgan qurol-aslaha va jihozlar tavsifi, shuningdek, ularning harbiy amaliyotdagi o‘rni haqida qiziqarli fikrlar bayon etildi.

Oriental universiteti katta o‘qituvchisi Sherzod Jo‘raev o‘z chiqishida manbalarda keltirilgan qimmatli ma’lumotlar asosida Sulton Husayn Mirzoning harbiy mahorati va jang san’ati haqida so‘z yuritdi.      

Yig‘inning asosiy qismi yakunida o‘zaro savol-javoblar va muhokamalar qizg‘in tarzda o‘tdi. Taniqli olimlar hamda mutaxassislarning tegishli tavsiya va mulohazalari tinglandi.

“Yozma manbalarda Turon harb ishi tarixi” mavzusiga bag‘ishlangan ilmiy yig‘inda muhokama etilgan masalalar Turon harbiy tarixi bo‘yicha mavjud muammo va bo‘shliqlarni, shuningdek, bu yo‘nalishda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ilmiy hamkorlik va tashkiliy ishlar ahamiyatini yaqqol ko‘rsatib berdi. Yig‘in yakunida mazkur tadbirni davomli an’anaga aylantirish taklifi ishtirokchilar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.

Boshqa yig'inlar