⚠️|
"Turk dunyosi yosh tarixchilari" yig'ini

"Turk dunyosi yosh tarixchilari" yig'ini

     Yurtimizda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar, Tarix institutining tarix ilmini rivojlantirish uchun qilayotgan jonkuyarliklari samarasi o'laroq bir guruh yosh tarixchilar 3 - 4-iyul kunlari Anqarada Turk Tarixi Kurumi tomonidan tashkil etilgan "Turk dunyosi yosh tarixchilari" yig'inida ishtirok etmoqda. 
     O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Ozorbayjon, Mojoriston va Turkiyaning turli viloyatlaridan kelgan yosh tarixchilar ishtirok etayotgan "Turk dunyosi yosh tarixchilari" yig'inini Turk Tarixi Kurumi boshlig'i Prof. Dr. Yuksel O'zgen ochib berdi. So'ng Turk Tarixi Kurumi, Anqara universiteti professor-doktorlari, jumladan, Dr. Muso Kadio'g‘li va Dr. Hasan Yilmasyashar "Turkiyada Arxeologiya va san'at tarixi". Dr. Ilhan Shahin va Dr. O'chler Bulduk "Islomgacha bo‘lgan davrda O‘rta Osiyo turk tarixi", Dr. Aydin Usta va Dr. Sadulloh Gulten "Islom dini qabulidan to Usmoniy davlati barpo etilishiga qadar turklar va turk dunyosi" mavzusida maruzalar qilishdi. Tarix institutidan borgan yoshlar savol-javoblarda faol ishtirok etishdi.

Boshqa yig'inlar