“19 – 20-yuzyilliklarda Ozarbayjon va O‘zbekistondagi ijtimoiy-madaniy jarayonlar: umumiylik va o‘ziga xoslik” mavzusida ellararo onlayn ilmiy yig'ini
18-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti va Ozarbayjon Milliy Fanlar Akademiyasi A.A. Bakixanov nomidagi Tarix va etnologiya instituti birgalikda “19 – 20-yuzyilliklarda Ozarbayjon va O‘zbekistondagi ijtimoiy-madaniy jarayonlar: umumiylik va o‘ziga xoslik” mavzusida ellararo onlayn ilmiy yig'in bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktorining ilmiy ishlar bo‘iycha o‘rinbosari Dilnoza Jamolova o‘z ma’ruzasida Turkiston va Ozarbayjon taraqqiyparvar ziyolilarining fan, madaniyat va san’at sohalaridagi hamkorligini yoritdi. Ozarbayjon Tarix instituti yetakchi ilmiy xodimi Iroda Bagirova esa an’anaviy jamiyatdan yangi intellektual elita shakllanishigacha bo‘lgan jarayonni tahlil qildi. Feruza Shomukaramova Rossiya imperiyasining Turkistondagi madaniy merosni muhofaza qilish siyosatiga oid arxiv va rasmiy manbalarni tahlil etdi. Shamil Rahmanzoda jadidchilik harakatining Ozarbayjondagi xususiyatlari, yangi maktablar faoliyati va ularning jamiyatdagi o‘rni haqida ma’lumot berdi. Muhayyo Isoqova Turkiston va Ozarbayjon xalqlari o‘rtasidagi tarixiy munosabatlarga oid arxiv hujjatlari asosida tarixiy mulohazalar bildirdi. Azizaga Alekperov ma’ruzasida Jalil Mammadqulizoda shaxsiyatining ozarbayjon-o‘zbek madaniy aloqalarini mustahkamlashdagi o‘rniga to‘xtalib o‘tdi. Daler Mirzayev “Turkiston viloyatining gazeti” sahifalarida Ozarbayjon madaniy hayoti aks etgan maqolalar tahlili asosida ma’ruza qildi. Raisa Jafarova ma’ruzasida ikki xalq uchun qadrli shaxs — Maqsud Shayxzodaning hayoti, ilmiy va ijodiy faoliyati, qatag'on yillaridagi taqdiri xususida to‘xtalib o‘tdi.
Yig'inda ikki yurtning taniqli tarixchilari, madaniyatshunoslari va manbashunos olimlari qatnashib, Turkiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi tarixiy aloqalar, ma’naviy hamjihatlik, taraqqiyparvarlik harakati va mustamlaka jarayonlari haqida ilmiy ma’ruzalar bilan ishtirok etdilar. Yig'in ikki xalq o‘rtasidagi tarixiy-madaniy aloqalarni yanada mustahkamlashga, ilmiy muloqot va hamkorlikni chuqurlashtirishga xizmat qildi.
Yig‘ilish so‘ngida ma’ruzalarni to‘plam shaklida chop etish, O‘zbekiston - Ozarboyjon tarixiy aloqari kitobini birgalikda nashrga tayyorlash bo‘yicha takliflar berildi.