“Turkistonning iqtisodiy tarixi: eng qadimdan kunimizgacha” ellararo ilmiy yig‘ini
Ayni paytda Tarix institutining Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va O‘zbekiston iqtisodiyot uyushmasi bilan hamkorlikda “Turkistonning iqtisodiy tarixi: eng qadimdan kunimizgacha” ellararo ilmiy yig‘ini boʻlib oʻtmoqda.
Tarix instituti direktori, akademik Azamat Ziyo ilmiy yigʻin yuzochdisida soʻzga chiqib, Turkiston iqtisodiy tarixining Oʻzbek davlatchiligi tarixida tutgan oʻrni haqida fikr bildirdi va soʻz navbatini Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipovga berdi. Kongratbay Sharipov oliy taʼlim muassasalaridagi nafaqat Tarix yoʻnalishlarida, Iqtisodiyot yoʻnalishlarida ham iqtisodiy tariximizni oʻqitish va bu yoʻnalishda loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanligini bildirdi. Prezident administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori oʻrinbosari Muhsinjon Xolmuhammedov va O‘zbekiston iqtisodiyot uyushmasi boshligʻi Muhtor Umarovlar ilmiy yigʻin ahamiyati haqida fikr bildirdilar.