Tashkiliy tuzilma
manimage
KENGASH RAISI
Odiljon Zaripov
Tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)
Bog'lanish manzili:+998 71 233-73-19
Email:baqtria@gmail.com
manimage
KENGASH RAISI O‘RINBOSARI
Sarvar Qo‘ldoshev
Bog'lanish manzili:+998 90 961-66-74
Email:quldashev.sarvar@mail.ru
Yosh olimlar kengashi haqida

   Yosh olimlar kengashi

   O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix institutining Yosh olimlar kengashi institut qoshidagi doimiy faoliyat yurituvchi jamoat tuzilmasi hisoblanadi.

   Yosh olimlar kengashining asosiy maqsadi, Tarix instituti yoshlarini ilmiy-tadqiqot faoliyatiga tizimli asosda yo'naltirish, mavjud ilmiy maktablar an'analarini davom ettirish, yangi ilmiy maktablarni shakllantirishga zamin yaratish, yosh olimlarni ilmiy-ijodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini izchil rivojlantirish, ularning mutaxassisliklari hamda tadqiqot mavzulariga oid qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

   Kengashning tarkibiy tuzilmasi kengash raisi, uning o‘rinbosari va a'zolardan iborat. Kengash 40 yoshgacha bo‘lgan doktorantlar, tayanch doktorantlar, stajyorlar, mustaqil izlanuvchilar, yosh olim va mutaxassislardan shakllantiriladi.

   Tarix institutining qoshidagi Yosh olimlar kengashi tomonidan an'anaviy tarzda ilmiy seminarlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, unda tarix fanining turli tarmoqlari va yo‘nalishlari doirasidagi tadqiqotlar ko‘lami qamrab olingan. Ilmiy seminarlar uchta yo‘nalishda tashkil qilinmoqda:

-         institutning tayanch doktorantlari, doktorantlari va yosh olimlar tomonidan tadqiq etilayotgan mavzulari doirasidagi chiqishlar;

-         institut yetakchi ilmiy xodimlarining tarix fani dolzarb masalalariga doir ma'ruzalari;

-         Respublika va xorijiy ilmiy tadqiqot markazlarida faoliyat yuritayotgan yetakchi tarixchi, etnolog, manbashunos, arxeolog va tarixshunos olimlarning tadqiqot metodologiyasi, ijtimoiy fanlar yo'nalishlarida qo‘lga kiritilgan tadqiqot natijalari oid ma'ruzalar.

   Kengash tomonidan tashkil qilingan ilmiy seminarlarda akademik Ahmadali Asqarov, falsafa fanlari doktori Baxtiyor To‘rayev (Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi), tarix fanlari doktori - professorlar Dilorom Alimova, Ablat Xo‘jayev (Sharqshunoslik instituti),  Rustambek Shamsutdinov (Andijon davlat universiteti), Rustam Suleymanov, Azimxo‘ja Ataxo‘jayev, Adhamjon Ashirov, tarix fanlari doktolari (DSc) Nigora Allayeva, Muhayyo Isakova, Farhod Maqsudov (Milliy arxeologiya markazi) o‘z chiqishlari bilan ishtirok etdi.

   Bundan tashqari, institutning yetakchi olimlari hamda yosh tadqiqotchi tomonidan tarix fanining ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan ma’ruzalar ham e’tiroflarga sabab bo‘ldi.

image
Ma'ruzalar