Hayitboy Sotimovich Xudaybergenovning tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida

2021-yil 16-iyul kuni soat 09:00 da O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc 02/30.12.2019. Tar.56.01. raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishida Hayitboy Sotimovich Xudaybergenovning tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan “Mustaqillik yillarida Xorazm vohasi kulolchiligining hududiy xususiyatlari” mavzusidagi dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tadi.

Ixtisoslik shifri: 07.00.07 – “Etnografiya, etnologiya va antropologiya

Ilmiy rahbar: tarix fanlari doktori Saodat Tilovberdievna Davlatova.

Rasmiy opponentlar: tarix fanlari doktori, professor Ulug‘bek Saydanovich Abdullayev va san’atshunoslik fanlari doktori Surayyo Sharipovna Alieva.

Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqolpoq davlat universiteti.

Manzil: 100170, Toshkent shahri, Shahrisabz tor ko‘cha 5-uy. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti. 8-qavat. 

Tel.: (+99871) 233-54-70; 

faks: (+99871) 233-39-91;

email: info@tarixinstituti.uz Fanlar akademiyasi Tarix instituti.