
Tuzilgan yili: 1943-yilda “Etnografiya” bo‘limi tashkil etilgan. Mazkur bo‘lim keyingi yillarda “O‘zbek xalqi etnografiyasi” va “Etnogenez va etnik tarix” nomlari bilan faoliyat olib borgan. 2020-yil 8-iyundan boshlab “Etnologiya va antropologiya” markazi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
Markaz boshligʼi: tarix fanlari doktori, professor Аdhamjon Аshirov (markazni 1944–1947-yillarda akademik Mixail Stepanovich Andreyev (1873–1948), 1947–1967-yillarda professor Olga Aleksandrovna Suxareva (1903–1983), 1967–1998-yillarda akademik Karim Shoniyozov (1924–2000), 1999–2004-yillarda tarix fanlari doktori Zoya Hamidullayevna Arifxonova va 2005–2009-yillarda tarix fanlari doktori Gulchehra Shavkatovna Zununova boshqargan).
Izlanishlar doirasi: O‘zbek xalqining etnik tarixi, tarixiy etnografiyasi va zamonaviy etnografik jarayonlar yo‘nalishlarida samarali ilmiy tadqiqotlar olib borildi. Jumladan, 1940–1960-yillarda o‘zbek xalqining etnik tarixi va tarixiy etnografiyasi, 1950–1980-yilllarda sovetlar davri etnografiyasi, 1990–2000-yillarda o‘zbek xalqining etnik tarixi, etnomadaniyati va milliy xususiyatlari tadqiq etildi. 2000–2010-yillarda Ozbekistonda yashovchi turli diasporalar etnologiyasi o‘rganildi. So‘nggi yillarda o‘zbek millati tarixi, etnik hamda madaniy o‘zlikni anglash, zamonaviy o‘zbek qishlog‘i, diasporologiya, etnoekologik madaniyat va iqtisodiy antropologiya ilmiy muammolari doirasida tadqiqotlar olib borildi. Hozirda markazda rejali ilmiy tadqiqotlar yonalishida “O‘zbeklar: etnik tarix, madaniyat va an’analar (qadimdan to hozirga qadar)” uch jildlik monografiya nashrga tayyorlanmoqda. Shuningdek, zamonaviy shahar antropologiyasi, madaniy antropologiya, tibbiy antropologiya va vizual antropologiya, gender tadqiqotlar, ekologik madaniyat, bioetik madaniyat, marosim iqtisodiyoti, diasporalogiya hamda ziyorat turizmi yo‘nalishlarida lmiy izlanishlar olib borilmoqda.
2005-yildan markazda har ikki yilda bir marta “Аkademik Karim Shoniyozov o‘qishlari” turkumida ilmiy anjumanlarni o‘tkazish yaxshi anʼanaga aylangan. Hozirga qadar O‘zbekiston Milliy universiteti, Аlisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Namangan davlat universiteti va Qarshi davlat universiteti bilan hamkorlikda jami 8 ta ilmiy anjuman o‘tkazildi. O‘tkazilgan yig‘inlar asosan, etnologiya fanining nazariy-uslubiy muammolari, Markaziy Osiyodadagi an’anaviy va zamonaviy etnoma’daniy jarayonlar, o‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi, milliy hamda mahalliy madaniyatlar yo‘nalishlariga bag‘ishlandi. Shuningdek, anjuman materillari tarzida 6 ta ilmiy to‘plam nashr etildi.
Markaz etnologlari tomonidan o‘zbek xalqining milliy madaniy merosini jahon miqyosida keng targ‘ib etish borasida ham samarali amaliy ishlar olib bormoqda. Jumladan, markaz xodimlarining ilmiy tadqiqotlari asosida “Boysun madaniy muhiti”, “Navro‘z” va “Palov madaniyati va anʼanalari” UNESCOning “Insoniyat nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxati”ga kiritildi. Shuningdek, “O‘zbekiston nomoddiy madaniy merosi ob’yektlari ro‘yxati” shakllantirildi.
Xalqaro hamkorlik: Мarkazda xorijiy ilmiy-tadqiqot markazlari va universitetlar bilan doimiy ilmiy hamkorlik aloqalar yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, 2015–2021-yillarda Tyubengen (Germaniya) universiteti bilan hamkorlikda “Wolkswagen” fondining “Sirdaryo havzasi aholisining ijtimoiy va ekologik madaniyati tarixi” va 2019-yildan Fransiya Ijtimoiy fanlar akademiyasi bilan birgalikda Yevropa Ittifoqining “Markaziy Osiyoda marosim iqtisodiyoti” xalqaro ilmiy loyihalari bajarildi. 2017–2020-yillarda markazning 9 nafar ilmiy xodim va doktorantlari Yevropa Ittifoqining “Erasmus+” loyihasi doirasida Luven katolik universiteti (Belgiya)da ilmiy stajirovkada bo‘ldi.
Shuningdek, 2000–2021-yillarda o‘zbek xalqi etnologiyasi va antropologiyasini o‘rganish maqsadida АQSh, Аvstraliya, Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Janubiy Koreya, Xitoy, Turkiya, Fransiya, Yaponiyadan 30 ta tadqiqotchi hamda doktorantlari markazning yetakchi olimlari ilmiy rahbarligida O‘zbekistonda uzoq va qisqa muddatli stajirovka o’tashdi.
Markaz tarkibi:
1. Markaz boshlig‘i – tarix fanlari doktori, professor Adhamjon Ashirov.
2. Bosh ilmiy xodim – tarix fanlari doktori, professor Ablat Xo‘jayev.
3. Yetakchi ilmiy xodim – tarix fanlari nomzodi Husniddin Mamadaliyev.
4. Katta ilmiy xodim – tarix fanlari boyicha falsafa doktori (PhD) Xurshid Jumanazarov.
5. Kichik ilmiy xodim – Ahror Azizov.
6. Kichik ilmiy xodim – Sarvar Qo‘ldoshev.

Markaz rahbari
1972-yil 11-noyabrda Namangan viloyati Kosonsoy tumanida tug‘ilgan.
1996-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutini bitirgan.
1998-yildan tarix fanlari nomzodi (dissertasiya mavzusi: Fargona vodiysi aholisi turmush tarzida qadimiy diniy e’tiqodlar izi), 2009-yildan tarix fanlari doktori (dissertasiya mavzusi: O’zbek xalqi an’anaviy turmush tarzida qadimiy diniy e’tiqodlar).
2010-yildan “Etnologiya va antropologiya” bo’limi, 2020-yildan “Etnologiya va antropologiya” markazi boshlig'i.
Etnologiya va antropologiyaning nazariy muammolari, diniy, oilaviy va taqvimiy marosimlar, nomoddiy madaniy meros, o‘zlikni anglash va milliy qadriyatlar, xalq o’yinlari hamda ekologik madaniyat ilmiy yo`nalishlarida tadqiqot olib boradi.
Asarlari
- Ўзбек маданиятида сув. Тошкент, 2020.
- Ўзбек элшунослиги: ютуқлар, муаммолар ва ечимлар. O’zbekiston tarixi jurnali. №.2. 2020. 130-140-betlar.
- The Illness Treatment by Sufism Way in the Post-Soviet Central Asia Notes on the Procedure of Ritual Called “Jahr”. Religous Beliefs and Rituals in the Civilization of Central Asia. March Volume 8. 2020. P.23-32. (Seyka Wazaki билан ҳаммуаллифликда) (япон тилида)
- Intangible Cultural Heritage of Uzbekistan. Istanbul. 2017.
- Древние и средневековые религии стран Центральной Азии и Азербайджана в памятниках археологии. Истанбул. 2016.
- Etnologiya. O’quv qo’llanma. Toshkent, 2014.
- Ўзбек халқининг қадимий эътиқод ва маросимлари. Тошкент, 2007.
- Revival of sufi traditions in modern Central Asia: Jahrri zikr and its enological features. Oriente Moderno. №1. 2007. P. 163-175. (B. Pasilov bilan hammualliflikda).
- Еще раз о проблемах этнологии в Узбекистане. Этнографическое обозрение. №3. 2006. С.107-127. (соавтор. Д.А.Алимова, З.Х. Арифхонова, Р.Р. Назаров).
- Ўзбеклар. Ўзбекистон Миллий энциклопедицияси.10-жилд Тошкент, 2005. 487-492-бетлар (А.Р. Қаюмов билан ҳаммуалифликда).

Bosh ilmiy xodim
1947-yil 27-oktyabrda Gulcha (Xitoy Xalq Respublikasi) shahrida tug‘ilgan.
1969-yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O’zMU)ni bitirgan.
1973-yildan tarix fanlari nomzodi (dissertatsiya mavzusi: Chin hukumatining 1864 – 1878-yillardagi Jung‘oriya va Sharqiy Turkiston xalqlari qo‘zg‘olonlariga qarshi jazo yurishlari), 1990-yildan tarix fanlari doktori (dissertatsiya mavzusi: Chin imperiyasi bilan Jung‘or va Yorkend xonliklari o‘rtasidagi munosabatlar (1700 –1760).
2021-yildan Etnologiya va antropologiya markazi Bosh ilmiy xodimi.
Markaziy Osiyo va Xitoy munosabatlari tarixi, Buyuk ipak yo‘li tarixi, Markaziy Osiyo xalqlarining etnik kelib chiqishi, qadimgi Xitoy manbalarini o‘zbek tiliga tarjima qilish, sharhlash va yozish kabi yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqotlar olib boradi.
Asarlari
- Muhammad Yoqubbek. Toshkent. 2021.
- Markaziy Osiyo davlatchilik tarixiga oid ma’lumotlar (Xitoy manbalari asosida). Toshkent. 2019.
- Markaziy Osiyo xalqlari tarixiga oid ma’lumotlar (Qadimiy hamda ilk o‘rta asr Xitoy manbalaridan tarjimalar va tadqiqotlar). Toshkent. 2015.
- Farg‘ona Xitoy manbalarida (qadimiy va ilk o‘rta asr yozma yodgorliklaridan tarjimalar). Toshkent. 2013.
- Farg‘ona tarixiga oid ma’lumotlar (Qadimiy va ilk o‘rta asr Xitoy manbalaridan tarjimalar va ularga sharhlar). Toshkent. 2013.
- Из истории древних тюрков (на основе китайских источников). Ташкент. 2010.
- Buyuk ipak yo‘li: munosabatlar va taqdirlar. Toshkent. 2007.
- Из истории международных отношений Центральной Азии в XVIII веке. Ташкент. 2003
- Цинская империя и Восточный Туркестан в XVIII в. (Из истории международных отношений в Центральной Азии). Ташкент. 1991.
- Цинская империя, Джунгария и Восточный Туркестан. Москва. 1979.

Katta ilmiy xodim
1970-yil 14-aprelda Toshkent viloyatida tug‘ilgan.
1994-yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O’zMU)ni bitirgan.
2009-yildan tarix fanlari nomzodi (dissertatsiya mavzusi: Toshkent shahri o’zbeklarining an’anaviy va zamonaviy motam marosimlari (XX asr).
2013-yildan Tarix instituti Ilmiy kotibi.
Etnologiya, madaniy va ijtimoiy antropologiya, oilaviy marosimlar, an’analar, milliy diasporalar, oilaviy munosabatlar kabi ilmiy yo`nalishlarda tadqiqotlar olib boradi.
Asarlari
- Traditions and innovations in the ceremonial life of the
German diaspora of Tashkent (the example of weddings). International Journal on Integrated Education. olume 2, Issue V, Oct-Nov 2019. P. 219 - 223. - Nikoh to‘yi marosimlari. Mindon va mindonliklar. Toshkent. 2015. 168-189-betlar.
- O‘zbeklarning an’anaviy va zamonaviy motam marosimlari (Toshkent shahri misolida). Toshkent. 2014.
- Традиции и инновации в обрядовой жизни немецкой диаспоры Ташкента (На примере похоронно-поминальных обрядов). O‘zbekistonda arxeologiya va etnologiya fanlarining taraqqiyoti va istiqbollari. Toshkent. 2012. 143-146-betlar.
- Похоронно-поминальная обрядность. Узбеки. Москва. 2011. С.388 - 396.
- Досвадебная обрядность немцев города Ташкента. O‘zbekiston xalqining dini, madaniyati va urf-odatlari: tarix va hozirgi holat. Toshkent. 2011. 240 – 245-betlar.
- O‘lim va ruh haqida falsafiy-tarixiy tasavvurlar. Falsafa va huquq jurnali. № 1. 2009. 28-30-betlar.
- Toshkent shahri o‘zbeklari oilaviy marosimlarida jamoa an’analarining o‘rni. O‘zbekiston tarixi jurnali. №2. 2008. 70-77-betlar.
- O‘zbeklarda ta’ziya marosimlari: analogik va qiyosiy tahlili. O‘zbekiston etnologiyasining dolzarb muammolari. Toshkent-Namangan. 2007. 244-249-betlar.
- Motam marosimining ayrim jihatlari (yig‘i-yo‘qlov motivi xususida). Markaziy Osiyoda an’anaviy va zamonaviy etnomadaniy jarayonlar. Toshkent. 2005. 43-50-betlar.

Katta ilmiy xodim
1987- yil 5-iyulda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida tug’ilgan.
2012-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetini tamomlagan. Etnolog.
2018-yildan tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD). (Dissertatsiya mavzusi: O‘zbeklarning xalq tabobati bilan bog‘liq an’analari.
2020-yildan Etnologiya va antropologiya markazi doktoranti.
O’zbeklarning tabobat an’analari, tibbiy antropologiya, etnotibbiyot, tibbiyot va tabobat integratsiyasi kabi ilmiy yo’nalishlarda tadqiqotlar olib boradi.
Asarlari
1. Tibbiy antropologiya sohasi tarixi va taraqqiyot. “Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati, diniy an’ana va urf-odatlari” nomli respublika ilmiy-amaliy anjuman to‘plami. 2020. 71-75-betlar.
2. O‘zbek xalq tabobatining tadrijiy yo‘li. Ilim hám jámiyet jurnali. № 1 2020. 39-41-betlar.
3. Узбекские традиции народной медицины: прошлое и настоящее . VIII Международный интердисциплинарный научно-практический симпозиум «Медицинская антропология на пороге третьего десятилетия XXI века: основные итоги, новые идеи и перспективы». Москва. 2020. С. 24– 25.
4. Xalq tabobati an’analarining mintaqaviy xususiyatlari . O’zbekiston tarixi jurnali. № 1. 2018. 87– 98-betlar.
5. Ethno-territorial features of folk medicine traditions. International Journal of Sociology and Anthropology Research. №.42018. P. 49-53.
6. Chiropractor quackeries and their role in the folk medicine . International journal of Current research. № 6. 2018. P. 32– 35.
7. Роль великого шелкового пути в развитии медицинской традиции. Миссия антропологии и этнологии: научные традиции и современные вызовы”. Сборник материалов XII Конгресс антропологов и этнологов России. Ижевск. 2017. С. 231-236.
8. O‘zbek xalq tabobatida ustoz-shogirdlik an’analari. O’zbekiston tarixi jurnali. № 1. 2016. 61-68– betlar.
9. O‘zbek xalqining tabobat an’analari. Toshkent islom universiteti ilmiy-tahliliy axboroti jurnali. 2016. № 1. 57– 61-betlar.
10. Термины народной медицины переведенные в произведении М. Кошгари «Девону луғатит турк» . Зборнiк дакладаў I тэзiсаў VII міжнароднай навукова практычнай канферэнцыі «Традыцыі і сучасны стан культуры і мастацтваў». Том 1. Мінск 2017. С. 528– 530.

Kichik ilmiy xodim
1988-yil 25-dekabrda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanda tug‘ilgan.
2014-yilda Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan.
2020-yildan buyon Tarix instituti kichik ilmiy xodimi
Etnologiyaning nazariy muammolari, e’tiqod va marosimlar, animalizm, antropozoomorfizm, domestikatsiya yo`nalishlarda ilmiy tadqiqotlar olib boradi.
Asarlari
1. O‘zbeklarda jonivorlarga nisbatan munosabatda hadislarning o‘rni va roli. Sohibqiron yulduzi jurnali. №3. 2020. 113-117-betlar.
2. Zamonaviy etnologik tadqiqotlarda hayvonot olami bilan bog‘liq qarashlarning nazariy-metodologik talqini. FarDU Ilmiy xabarlar jurnali. №5. 2020. 33-38-betlar.
3. Образ животных в традиционной культуре узбеков Ферганской долины (на основе полевых материалов). Культурное наследие прошлого – вклад в развитие стабильного общества в будущем. Conferință științifică internațională dedicată zilelor europene ale patrimoniului. Program și rezumatele comunicărilor Chișinău, 23-24 septembrie 2020. С.330-333.
4. Farg‘ona vodiysi aholisi tasavvurlarida ot bilan bog‘liq qarashlar. O‘tmishga nazar jurnali. №1. 2019. 69-79-betlar.
5. A. Cult of the horse among the Uzbek people of the Fergana valley. Research result. Social studies and humanities. Vol. 32019. T. 5,. P.39-45.
6. В поисках птицы счастья (В основе полевых материалов). Материалы VI международной научно-практической конференции «Global science and innovations 2019:Central Asia». 2019. P.361-364.
7. O‘zbek xalqi an’anaviy qarashlarida uy hayvonlari bilan bog‘liq tasavvurlar tendensiyalari. Akademik Ubaydulla Karimov nomidagi Yosh sharqshunoslarning XVI Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. 2019. 63-64-betlar.
8. Farg‘ona vodiysi aholisi tasavvurlarida qaldirg‘och kul’ti. O‘zMU habarlari jurnali. № 5. 2018. 9-11-betlar.
9. “Avestoda hayvon kul’ti (Avesto Yashti misolida)”. O’zbekiston tarixi jurnali №3. 2017. 79-86-betlar.
10. Farg‘ona vodiysi aholisi dunyoqarashida qush kul’ti. “Farg‘ona vodiysi yangi tadqiqotlarda” Respublika ilmiynazariy anjumani materiallari. Farg‘ona. 2017. 86-91-betlar.

Kichik ilmiy xodim
1989-yil 24-dekabrda Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida tug‘ilgan.
2017-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik institutini bitirgan.
2021-yildan Etnologiya va antropologiya markazi kichik ilmiy xodimi.
“Devoni lug’otit turk”, etnik tarix, manbashunoslik, turkiy xalqlar etnografiyasi va turkiy xalqlarning marosimiy hayoti kabi ilmiy yo`nalishlarda tadqiqotlar olib boradi.
Asarlari
- Maxmud Qoshg’ariyning “Devoni lug’oti turk” asaridagi unvon va lavozimlar haqida ayrim mulohazalar. O‘tmishga nazar jurnali. №3. 2020. 91-98-betlar.
- O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi qadimiy aloqalarning boshlanishi haqidagi ayrim mulohazalar. O‘zbekiston ilmiy-amaliy tadqiqotlar mavzusidagi anjuman materiallari. №18/3. 2020. 25-28-betlar.
- Sak va massaget qabilalarning Gerodot asarida aks etishi haqida ayrim mulohazalar. O‘zbekiston ilmiy-amaliy tadqiqotlar mavzusidagi anjuman materiallari. №19/3. 2020. 46-50-betlar.
- Some comments on the history of the penetration of the chigil tribe into Mowarounnahr. ACADEMICIA An International Multidisciplinary Research Journal. vol. 10, Issue 5. 2020. P. 2009-2013.

1. O’zbekistonning janubiy, shimoli-sharqiy hududlarida etnoslararo munosabatlar. Loyiha rahbari: Adham Azimbayevich Ashirov. 2003 – 2005-yillar.
2. Zamonaviy ko’pmillatli shaharda etnomadaniy jarayonlar. Loyiha rahbari: Zoya Hamidullayevna Arifxanova. 2003 – 2005-yillar.
3. O’zbeklarning XIX asr oxiri – XXI asr boshlaridagi etnik tarixi va etnografiyasini tadqiq etish. Loyiha rahbari: Gulchehra Shavkatovna Zununova. 2006 – 2008-yillar.
4. O’zbeklarning etnik identifikasiyasi: o’ziga xosligi va transformasiyasi. Loyiha rahbari: Gulchehra Shavkatovna Zununova. 2007 – 2011-yillar.
5. Zamonaviy O’zbekistonda milliy diasporalar marosimiy hayotidagi an’analar va innovatsiyalar (Toshkent shahri misolida). Loyiha rahbari: Valeriy Sergeyevich Xan. 2009 – 2011-yillar.
6. Jahon etnologiya maktablari va zamonaviy o’zbek etnologiyasi. Loyiha rahbari: Ismoil Mansurovich Xo’jaxonov. 2010 – 2011-yillar.
7. Zamonaviy o’zbek qishlog’i: ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar va transformasion jarayonlarning etnosotsiologik tahlili (Farg’ona vodiysi materiallari asosida). Loyiha rahbari: Adham Azimbayevich Ashirov. 2012 – 2014-yillar.
8. Zamonaviy etnoxo’jalik munosabatlarining etnomadaniy aspekti. Loyiha rahbari: Akbar Ravshanovich Tog’ayev. 2012 – 2013-yillar.
9. Mustaqillik yillarida o’zbek xalqining milliy o’zlikni anglashi va mental xususiyatlari. Loyiha rahbari: Ismoil Mansurovich Xo’jaxonov. 2014 – 2015-yillar.
10. O’zbeklar: etnik tarix, madaniyat va an’analar. Loyiha rahbari: Adham Azimbayevich Ashirov. 2015 – 2017-yillar.
11. O’zbekistonning shimoli-sharqiy hududlarida shahar antropologiyasi (VI–VIII asrlar). Loyiha rahbari: Munira Matqayumovna Xatamova. 2016 – 2017- yillar.
12. O’zbeklarning zamonaviy etnoekologik madaniyati. Loyiha rahbari: Nodira Xayitbayevna Azimova. 2017 – 2018-yillar.