2022-yilning 16-noyabr kuni Turkiyaning Pamukqal'a universiteti rektori professor Ahmed Qutlugʻxon boshchiligidagi muassasa jamoasi Tarix instituti xodimlari bilan masofadan aloqaga chiqdilar. Masofaviy muloqot ilmiy hamkorlikni yanada kelgaytirish maqsadida amalga oshirilgan boʻlib, unda ilmiy xodimlar oʻzaro tanishdilar va tadqiqot mavzulari hamda davrlari hususida fikr almashdilar. 2022-yil 30-avgust kuni ikki tomonlama anglashuv shartnomasi imzolangandan beri bu birinchi toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot hisoblanadi. Uchrashuv davomida ikki muassasa vakillari tomonidan galdagi rejalar muhokama etildi. Muloqot soʻnggida Tarix instituti va Pamukqal'a universiteti olimlari tomonidan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiquvchi tadbirlarni oʻtkazishga kelishib olindi.