Navbatdagi xorijiy anglashuv Turkiyaning Chankiri Qorategin universiteti bilan imzolandi

   2022-yil 14-noyabr kuni Tarix instituti hamda Turkiyaning Chankiri Qorategin universiteti rahbariyati bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda turkiy dunyo tarixini hamkorlikda oʻrganish, ilmiy yigʻin va seminarlar tashkil etish, dunyo kishilik tamadduni rivojida turkiy xalqlarning oʻrni va qoʻshgan hissasini ilmiy asoslash uchun tadqiqotlar olib borishga kelishildi. Uchrashuv soʻnggida birgalikda mutaxassislar almashinuvi, kadrlar tayyorlash, qoʻshma taʼlim dasturlarini amalga oshirishga kelishib olinib, ikki tamonlama anglashuv hujjatlari imzolandi.