Samarqand shahrida joriy yilning 17-oktabr sanasida "Amir Temur va Sulton Yildirim Boyazid" ellararo ilmiy yigʻini oʻz ishini boshladi. Yigʻinda Oʻzbekiston, Turkiya va boshqa xorijiy mamlakatlardan olimlar, jurnalistlar hamda fan ixlosmandlari toʻplanishdi.
Ellararo anjumandan koʻzlangan maqsad - tarix fanida olib borilayotgan tadqiqotlarda hamkorlikni yana mustahkamlash va eng soʻnggi izlanishlar natijalari bilan tanishtirish hisoblanadi.
Bundan tashqari yigʻin doirasida turli tadqiqot markazlari oʻrtasida hamkorlik anglashuv shartnomalari imzolanishi bilan boshqa anjumanlardan ajralib turadi. Hususan, FA Tarix instituti va Turkiyaning Anqara Yildirim Boyazid universiteti ana shunday anglashuv shartnomasini tuzdilar.
Ushbu shartnomadan koʻzlangan maqsad fan tarmoqlaridagi izlanishlarda hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, mutaxassislar tayyorlashda almashinuv hamda tajriba ulashish faoliyatini tashkillashtirish nazarda tutilgan. Shu bilan birgalikda bu kelishuv Tarix instituti tomonidan olib borilayotgan xalqaro aloqalarning yana bir sahifasini boyitishga xizmat qiladi.