2022-yilning 4-oktabr kuni Fanlar akademiyasi Tarix instituti tashabbusi bilan "Turkiston jadidlari: faoliyati va taqdiri" umummilliy yig‘ini o‘tkazildi. Ilmiy yig‘in Renessans telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoish etib borildi. Tadbirda Tarix instituti xodimlari, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy talakomikatsiyalar universiteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirok etdilar. Yig‘inda qatag‘on siyosati tarixi, uning kelib chiqish omillari, qatag‘on va ta'qibga uchragan ziyolilar taqdiri, ushbu siyosatning jamoatchilikka ta'siri hususida mulohazalar bildirildi.
Tinglovchilar e'tiboriga qator mavzularda dolzarb ma'lumotlar Tarix instituti yetuk olimlari va doktorantlari tomonidan taqdim etilishi bilan sovet davri siyosatining asl maqsadlari, amalga oshirilish bosqichlari va uning oqibatlari to‘g‘risida ilmiy xulosalar bildirildi. Bundan tashqari tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Yig‘in jarayonida tinglovchilar tomonidan millat oydinlari nomini abadiylashtirish yuzasidan bir necha takliflar bildirildi. Yig‘in so‘nggida jadidlar hayoti va faoliyatiga bog‘liq ma'lumotlarni yanada ommalashtirish uchun amalga oshirilishi mo‘ljallangan tadbirlar yaqvimi kelishib olindi. Shu bilan umummilliy yig‘in o‘z faoliyatini yakunladi.