2022-yilning 26-sentabr kuni O‘zR FA Tarix instituti tomonidan professor Qahramon Rajabov tavalludining 60 yilligi munosabati bilan “Turkistonda milliy ozodlik harakatlari tarixi (XIX asr o‘rtalari – XX asr 30-yillari)” xalqaro ilmiy anjumani o‘tkazildi. Unda akademiklar, yetakchi soha mutaxassislari, olimning shogirdlari, yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi.
Anjumanni Tarix instituti direktori t.f.d., professor Azamat Ziyo ochib berdi. Institut rahbari t.f.d. professor Qahramon Rajabov shaxsi, uning ijodiy faoliyati, olim sifatidagi fandagi o‘rni, tadqiqot yo‘nalishi, tarix faniga olib kirgan muhim ilmiy yangiliklari hususida iliq fikrlar bildirib, olimning 60 yoshga to‘lgani bilan cin qalbdan tabrikladi.
Аnjumanning asosiy qismida O‘zbekiston va xorij olimlari o‘z ilmiy maʼruzalari bilan chiqish qildilar. Xususan, vidoemuloqot shaklida turkiyalik professorlar Temur Xo‘ja, Аhat Аndijon, qozog‘istonlik olim Hazratali Tursunlarning Buxoro amirligining ag‘darilishi, Turkiston istiqlolchilik harakatlari va qo‘rboshilar taqdiri, bolsheviklarning ocharchilik va qatag‘on siyosatiga doir yangi maʼruzalari tinglandi. Bundan tashqari yig‘in so‘nggida olimning yaqinlari, shogirdlari, xorijlik mehmonlar tomonidan ezgu tilaklar bildirildi.