Yoshlar ishlari agentligi va Tarix instituti tomonidan shu yilning 15 - 24-avgust kunlari birinchi bora tashkil etilgan "Yosh tarixchilarning yozgi o‘qishlari" o‘z nihoyasiga yetdi. Tadbir davomida Respublikamizning barcha hududlaridan saralanib olingan yosh tarixchilar ishtirok etdilar. Yosh mutaxassislarni tayyorlash, fanning yo‘nalishlariga yo‘naltirish, ilmiy tadqiqot dolzarb muammolari bilan tanishtirish ushbu yig‘in oldiga qo‘ygan muhim vazifa sifatida bajarildi. Hususan, Institut yetuk olimlari tomonidan o‘tilgan mahorat darslarida ishtirokchilar o‘zlariga kerakli bo‘lgan yo‘nalishlar to‘g‘risida ma'lumotlarga ega bo‘lish asnosida so‘nggi ilmiy yangiliklar bilan yaqindan tanishib chiqdilar.
Belgilangan vaqt davomida qatnashchilar Institutimiz olimlari bilan bevosita suhbatda bo‘lib o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar. Shu bilan birgalikda dam olish kunlarini maroqli tarzda ilmiy muhitdan uzilmagan holda o‘tkazish uchun "Zakovat" o‘yini tashkillandi. E'tiborga loyiq joyi barcha ishtirokchilar butun yig‘in davomida juda faol ishtirok etdilar. Yig‘inning so‘nggi kunida qatnashchilarga tashkilotchilar tomonidan yorliqlar topshirildi va o‘zaro aloqalarni yanada mustahkamlashga kelishib olindi.