Yangi kitob nashr etildi

   Institut Bosh ilmiy xodimi professor Qahramon Rajabov tomonidan "Fan" nashriyotida yangi kitob nashrdan chiqdi. "O‘zbekiston tarixining XX asrdagi yangi sahifalari" rukni ostidagi izlanishlar doirasida "Ibrohimbek qo‘rboshi" kitobi keng jamoatchilikka taqdim etildi. Ushbu nashrda bosqinchilarga qarshi kurashgan Ibrohimbek Laqay faoliyati bilan bog‘liq batafsil ma'lumotlar beriladi.