Yangi kitob nashr etildi
Institut Bosh ilmiy xodimi professor Qahramon Rajabov tomonidan "O‘zbekiston SSRda sovet rejimining qatag‘on siyosati va uning oqibatlari (1917-1991 yy.)" kitobi nashr etildi. Kitob nafaqat Madaniy inqilob nomi bilan niqoblangan siyosat asoslarini, balki, qizil imperiya tomonidan uyushtirilgan terror omillarini ochib beradi. Asarni yoritishda foydalanilgan manbaviy asosning tarixiy hujjatlardan iborat ekanligi ham uning qiymati naqadar qimmatli ekanligini tasdiqlaydi.