Bugun 2022-yilning 15-avgust Fanlar akademiyasi Tarix instituti va Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Chimyon qishlog‘i "Yoshlar oromgohida" "Yosh tarixchilarining yozgi o‘qishlari" tadbirining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Tarix instituti direktori t.f.d., professor Azamat Ziyo ochib berdi. Institut direktori o‘z so‘zida tarix fanining mohiyati, falsafasi, g‘oyalari, millat oldidagi bajarajak ishlari hususida fikr yuritar ekan, yoshlarni fanning turli ilmiy muammolari doirasida bahs-munozadan qochmaslikka, aksinda unda faol qatnashib, ko‘nikmalarini oshirib olishga chaqirdi. Shy bilan birgalikda yoshlardagi vatanparvarlikni shakllantirishdagi tarix fani dolzarbligi hamda zaruriyati to‘g‘risida muhim ma'lumotlarni taqdim etdi. Ayniqsa, Tarix instituti yetuk olimlari tomonidan o‘tkaziladigan mahorat darslarining maqsadi, oldiga qo‘ygan vazifalari va masalalari yuzasidan qiziqarli ma'lumotlarni ochiqladi.
Shundan so‘ng Tarix instituti bosh ilmiy xodimi t.f.d., professor Rustam Sulaymonov so‘z olib, yozgi o‘qishlarda e'tibor qaratilishi zarur bo‘lgan dolzarb ilmiy masalalar hususida fikr bildirdi. Shuningdek, fanning oliy maqsadi, zamonaviy fan yutuqlari joriy etilishi to‘g‘risida o‘z qarashlarini yig‘ilish qatnashchilariga bildirdi. Hususan, arxeologiya fanidagi falsafiy qarama-qarshilik va dolzarb nazariy qarashlarning izlanishlarda aks etishi muhim jarayon ekanligini alohida ta'kidladi.
Tadbir so‘nggida barcha qatnashchilarga "Yosh tarixchilar yozgi o‘qishlari" rejalari va dasturi to‘g‘risida ma'lumot berildi. Barcha ishtirokchilarga mahorat darslarida faol bo‘lish va o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan olimlarga murojaat qilishlari mumkinligi, bu jarayon o‘z navbatida qatnashchilarning ilmiy izlanish yo‘nalishrida o‘z yo‘lini topishida asos bo‘lib xizmat qilishi mumkinligi ma'lum qilindi.