Kitob XIX asr oxiri – XX asr boshida Turkistondagi milliy-taraqqiyparvarlik harakati – jadidchilik tarixiga bag‘ishlangan. O‘zbekiston tarix fanida birinchilardan bo‘lib jadidchilikning tarixiy mohiyatini va uning O‘rta Osiyo xalqlari tarixidagi ahamiyatini yaxlit va xolis tahlil etishga harakat qilingan. Kitob t.f.d., professor Dilorom Alimova tomonidan nashr etildi. Markur kitobda harakat tarixi davrlashtirilishi masalalari va ilg‘or ziyolilar tafakkurining o‘ziga xos xususiyatlariga baho berilgan, ularning tarix, madaniyat, din va davlatchilik masalalariga qarashlari o‘rganilgan. Kitobda jadidchilik harakatining Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Fayzulla Xo‘jayev, Ishoqxon Ibrat, Abdulhamid Cho‘lpon kabi namoyandalari faoliyati va ularning Turkistonda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi roli yoritilgan.