2022-yilning 9-avgust kuni poytaxtimizdagi Hyatt Regency mexmonxonasining majlislar zalida "O‘zbek xotin-qizlarining davlatchilik tariximizdagi o‘rni va xizmatlari" mavzusidagi ilmiy yig‘in bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi, Fanlar akademiyasi Tarix instituti tomonidan tashkil etilgan.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari, vazirlik, idora va tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan rahbar ayollar, Oila va xotin-qizlar davlat qoʼmitasi va uning hududiy boshqarma va bo‘limlari rahbarlari, Fanlar akademiyasi Tarix instituti ilmiy xodimlari, Yoshlar parlamenti aʼzolari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi faol xotin-qizlar, jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Ilmiy anjumanda institutimiz ilmiy xodimlari faol ishtirok etib mavzu yuzasidan bir-biridan qiziqarli ma'ruzalari bilan chiqish qildilar.