Uch tomonlama hamkorlik kelishuvi imzolandi

   2022-yil 6-avgust sanasida Tarix instituti, Oʻzarxiv agentligi va Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi bilan birgalikda "Uch tomonlama hamkorlik" kelishuvi imzolandi. Oʻzaro kelishuvga erishish natijasida olib borilayotgan tadqiqotlarda arxiv fondlaridagi manbalar keng foydalanish hamda ushbu jamlanmalarni keng jamoatchilikka yetkazish mumkin boʻladi. Xususan, soʻnggi yillardagi sohada amalga oshirilayotgan izlanishlarning aksariyati keng jamoatchilikka mutlaqo yangi tarixiy manbalarni tanishtirib  borish bilan ham shugʻullanib kelmoqda.

   Tarix instituti va Oʻzarxiv agentligi ikki tomonlama hamkorlikka biroz avvalroq erishgan edi. Arxiv fondlaridan foydalanishdagi ushbu ilgari tashlangan qadam galdagi kelishuv imzolanishi bilan yanada mustahkamlandi.

  

   Manbalardan maqsadli foydalanish, ulardagi jonli tarixni qayta tiriltirish ilmiy muassasamizning asosiy maqsadlaridan biri boʻlsa, xalqimizning shonli tarixida boʻlib oʻtgan tarixiy jarayonlarni anglash va anglatishda yuqorida imzolangan hemkorlik muhim ahamiyat kasb etadi.