2022-yilning 9-10-iyul kunlari Institutimiz professori, "Etnologiya va antropologiya" bo‘limi boshlig‘i Adham Ashirov Boshqirdistonda bo‘lib o‘tgan "Shulgan-tosh ģori" tarixiy-madaniy muzey majmuasi ochilish marosimida ishtirok etdilar.
Anjumanda turli mamlakatlardan soha mutaxassislari hamda olimlar to‘planib, so‘nggi yillardagi ilmiy izlanishlar, muammolar va yutuqlar to‘g‘risida o‘zaro yangiliklarni o‘rtoqlashdilar. Hususan, Institutimiz professori Adhamjon Ashirov ilmiy yig‘in ishtirokchilariga O‘zbekistondagi antropologiya fani holati, sohaga berilayotgan e'tibor, xorijiy loyihalardagi mamlakatimiz vakillarining ishtiroki, yurtimizning zamonaviy tadqiqotlarda yoritilishiga oid tafsilotlarni ma'lum qildilar.
Shuni alohida ta'kidlab o‘tish joizki, shu kungacha Adhamjon Ashirov tomonidan olib borilgan va borilayotgan 20 dan ortiq xalqaro loyihalar, izlanishlar dunyoning ko‘plab ilmiy institutlari tomonidan e'tirof etilgan hamda xalqaro aloqalarda katta ahamiyat kasb etib kelmoqda.