Hamkorlikning yangi bosqichi
2022-yilning 7-iyul kuni Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori Azamat Ziyo Turkiyaning Oʻzbekistondagi elchisi Olgan Bekar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda asosan ilmiy hamkorlikni kuchaytirish, yosh olimlarni qadimgi, bugungi kunda isteʼmolda boʻlmagan tillarni oʻrganish uchun Turkiya tajribasidan foydalanish maqsadida Turk universitetlariga yuborish, 3-6 oyga qisqa muddatli ilmiy tajriba almashishga, qoʻlyozmalarni tadqiq qilish masalasida suhbatlashildi. Bundan tashqari 2023-yilda Turkiya Jumhuriyatining 100 yilliga va Turkistonning parchalanishi sabablarini oʻrganish maqsadida xalqaro yigʻin oʻtkazish boʻyicha kelishib olindi.