“Amir Temur va Izmir” mavzusida xalqaro ilmiy yig‘in o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti, Ege universitetining Turk dunyosi tadqiqotlari instituti (Ege Üniversitesi Türk Dünyası Araştırmaları Enstitüsü) bilan hamkorlikda 2021 yilni 26-27 noyabr kunlari Turkiyaning Izmir shahrida “Amir Temur va Izmir” mavzusida xalqaro ilmiy yig‘in o‘tkaziladi. Ushbu yig‘inda ishtirok etish uchun talabgorlar 30 sentyabrga qadar maqolaning qisqa shaklini ko‘rsatilgan manzilga yuborishi mumkin. Yuborilgan maqolaning qisqa shakli mutaxassislar tomonidan ko‘rib chiqiladi va tavsiya qilinganlarga xabar yuboriladi. 

Ishtirok etishni istovchilar o'z ma'lumotlarini quyidagi manzillarga yuborishi mumkin: karatay.osman@gmail.com, abduvohid1116@gmail.com