2022-yil 1-iyul kuni Tarix institutida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari "Harbiy meros va zamonaviy tadqiqotlar" instituti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Dastlab xar ikki tomon o‘zlarining muassasalari yo‘nalishlari va olib borayotgan tadqiqotlar yuzasidan qisqacha ma'lumot almashdilar. So‘ngra tomonlar O‘zbekiston tarixi fanidagi erishilgan yutuqlar, o‘zaro aloqalarning muhimligi to‘g‘risida fikrlar bildirildi.
Yurtimizda tarix faniga qaratilayotgan e'tibor, ayniqsa, harbiy tarix va uning turli tarixiy davrlardagi taraqqiyotiga bag‘ishlangan izlanishlar soni yildan-yilga ortib bormoqda. Hususan, Tarix instituti bilan hamkorlikda ushbu muassasa darsliklar, qo‘llanmalar, ilmiy to‘plamlar yaratishga va nashr etishga alohida e'tibor bermoqda. Shuningdek, tadqiqotlatni olib borishdagi hamkorlik nafaqat soha vakillari, balki, keng jamoatchilikka taqdim etiluvchi ilmiy yangiliklarni ma'lum qilishning devochasi bo‘lib xizmat qiladi.
Uchrashuv so‘nggida ikki muassasa rahbariyati tomonidan o‘zaro hamkorlikning shartlari va maqsadlari belgilab olindi. Shundan so‘ng xar ikki tomon shartnomalarga imzo qo‘ydilar va keyingi tadqiqot ishlarini bajarishdagi hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib oldilar.