Institutning doktorant va tayanch doktorantlari yarim yillik hisoboti tinglandi
2022-yilning 10-iyun kuni Tarix instituti doktorant va tayanch doktorantlarining yarim yillik hisoboti tinglandi. Institut rahbariyati asosiy e'tiborni yosh izlanuvchilarning tadqiqot mavzulari bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlari, nashchilik masalalari va tadqiqotchilar uchrayotgan muammolarga qaratdi.
Yosh izlanuvchilar tomonidan bildirilgan fikrlar to‘liq tinglanib, tadqiqotni amalga oshirishda muhim jihatlarga ahamiyat berish, ilmiy-nazariy anjumanlarda faol ishtirok etish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Shuningdek, ilmiy rahbarlar bevosita ishtirokida eshitilayotgan hisobotlar davomida amaliy muammolar hamda ularga yechimlar hususida taklif va tavsiyalar berildi.