Tarix institutida joriy yilning birinchi chorak sarhisobi
2022-yilning 27-aprel kuni Fanlar akademiyasi Tarix institutida doktorantlar, tayanch doktorant va stajyorlarning birinchi chorak hisoboti bo‘lib o‘tdi. Qayd etish lozimki, 2022-yilda Tarix institutida 30 ta tayanch doktorant, 4 ta doktorant va 4 ta stajyor ilmiy tadqiqot olib bormoqdalar.
Yig‘ilishda doktorant, tayanch doktorantlarning 3 oylik hisoboti tinglandi. Shuningdek, dissertasiyaning holati, chop etilgan ilmiy ishlar, tadqiqot mazmunining dissertasiya nomiga muvofiq kelishi kabi masalalar ko‘rib chiqildi. Hisobotda bitiruvchi doktorant va tayanch doktorantlarning dissertasiya muhokamalarining taxminiy vaqti belgilandi. Monitoring hisobotida doktorantlarning keyingi ilmiy faoliyati uchun kerakli ko‘rsatmalar berildi.