2022-yilning 11-may sanasida Navoiy kon-metallurgiya kombinatida ilmiy seminar ishini boshladi. Yigʻinda Navoiy kon-metallurgiya kombinati aksiyadorlik jamiyati bosh direktori professor Quvondiq Sanaqulov kirish soʻzida butun respublika tarixchi olimlariga oʻz salomlari hamda minnatdorchilik bildirdilar. Milliy tariximizni yaratishda oʻlkan zafarlar tiladi.
Soʻzni Tarix instituti direktori tarix fanlari doktori, professor Azamat Ziyo olib, barcha tashkilotchilarga va fan taraqqiyoti yoʻlida izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilarga ishtirok uchun minnatdorchilik bildirdi hamda mezbon muassasaning mehmondoʻstligi xususidagi iliq fikrlarini bildirib oʻtdi. Shu bilan birgalikda Oʻzbekiston tarixi boʻyicha olib borilayotgan soʻnggi tadqiqotlarda konchilik ishi bilan bogʻliq ilmiy muammolar dolzarb ekanligi va ularni tadqiq etish usullari hamda yondoshuvlarining oʻzgarib borishi toʻgʻrisidagi mulohazalarini yigʻilganlar bilan oʻrtoqlashdi. Oʻz ma'ruzasining soʻnggida mezbon tashkilotga Tarix institutining esdalik sovgʻalari sifatida oxirgi chop etilgan kitoblarni tantanali ravishda topshirdi.
Sovgʻalar topshirilgach ilmiy yigʻin davom ettirildi va Tarix instituti "Qadimgi davr tarixi" boʻlimi boshligʻi, tarix fanlari nomzodi Feruza Shomukaramova tomonidan "Turonda togʻ-kon ishlab chiqarilishining paydo boʻlishi, ilk qadamlar va yutuqlar" ma'ruzasi bilan davom ettirildi. Mutaxassis oʻz chiqishida ilk konchilik ishi na'munalaridan tortib, murakkab mehnat qurollarini ixtiro qilishdagi qadimgi usullar va ma'danlardan foydalanishga oid qiziqarli ma'lumotlarni taqdim etdi.
Keyingi ma'ruza "Oʻrta asrlarda Turonda togʻ-kon ishlari boʻyicha bosh qarashlar" deb atalib, taqdimotni Institutning ilmiy ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, tarix fanlari nomzodi Sherzodxon Mahmudov tomonidan taqdim etildi. Albatta ma'ruza qamrab olgan davrda erishilgan yutuqlar, ma'danlarga ishlov berish usullari, konlar va ularning gʻarb hamda sharqqa tarqalishiga oid ma'lumotlar muhokama etildi. Shu bilan birgalikda, ma'ruzachi tomonidan bugunga qadar yetib kelgan konchilik ishiga oid qimmatli tarixiy manbalar xususida mulohazalar yigʻinga tashrif buyurganlarga yetkazildi.
Yigiʻin ishini tarix fanlari nomzodi, Anora Togʻayevaning "Togʻ-kon ishlari mustamlaka davrida" ma'ruzasi davom ettirdi. Ma'ruzada mustamlaka siyosatining mash'um ishlari va kon sohasidagi oʻzgarishlarning oʻlka iqtisodiy-ijtimoiy hayotida aks etishi bilan bogʻliq qarashlar tahlil tib berildi.
Chiqishlar ilmiy anjuman qatnashchilarining katta qiziqishiga sabab boʻldi va ma'ruzachilarga togʻ-kon sohasiga oid boʻlgan savollar bilan murojaat qildilar. Anjuman qizgʻin tarzda oʻtkazildi.