Tarix instituti tayanch doktorantlari "Global jarayonlar va ularning Markaziy Osiyoga ta'siri" Respublika ilmiy-amaliy anjumanida qatnashdi
2022-yilning 5-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida tashkil etilgan “Global jarayonlar va ularning Markaziy Osiyoga ta'siri” nomli respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Tarix institutining yosh olimlari Sunnatillo Hamroyev va Umarali Gulmatovlar ma'ruzalari bilan ishtirok etishdi.
Ularning ma'ruzalari yuzasidan qizg‘in muhokamalar bo‘ldi. Konferensiya yakunida 1 bosqich tayanch doktoranti Sunnatillo Hamroyev tashkilotchilar va tinglovchilar tomonidan “Eng yaxshi ma'ruzachi” deb e'tirof etildi hamda sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Yosh olimlarimiz hamda ularning ustozlarini navbatdagi ilmiy yutuq bilan tabriklaymiz!