Sherali Qo‘ldoshevning hammuallifligidagi "Mulla Shamsiddin Shavqiy" nomli kitob nashr etildi.

   Tarix instituti katta ilmiy xodimi tarix fanlari nomzodi Sherali Qo‘ldoshevning hammuallifligidagi "Mulla Shamsiddin Shavqiy" nomli kitob nashr etildi. Ushbu kitobda tarixchi va ma'rifatparvar shoir Mulla Shamsiddin Shavqiy hayoti va faoliyati to‘g‘risida so‘z yuritilishi barobarida XIX-XX asr boshlarida Farg‘ona vodiysida yuz bergan muhim tarixiy voqealar va ulamolar faoliyati to‘g‘risida qimmatli ma'lumotlar keltirilgan.Shuningdek, ilk bor Shavqiy qalamiga mansub tarixiy asarlar va devonlarning to‘liq nusxasi kiritilgan.

   Asar tarix fanida tadqiqotlar olib borayotgan izlanuvchilar va barcha qiziquvchi kitobxonlar uchun mo'ljallangan.