Ushbu to‘plam O‘zR FA Tarix institutida amalga oshirilgan “O‘zbekistonning o‘rta asrlar tarixi rasmiy hujjatlarda: muammoli jihatlar, talqin va tahlil (VII – XIX
asr birinchi yarmi)” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida 2020-yil 23-oktyabrda o‘tkazilgan xalqaro ilmiy anjuman materiallarini o‘z ichiga olgan. Taqdim etilgan maqolalarda ilk o‘rta asrlarga doir so‘g‘d hujjatlaridan tortib, so‘nggi o‘rta asrlarda O‘zbek xonliklarining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-harbiy holati hamda diplomatik aloqalari, hujjat yuritish masalalari, shuningdek, XIX asr ikkinchi yarmidan boshlab Turkistonda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlarga doir arxiv hujjatlari tahlil etilib, qimmatli ma'lumotlar keltirilgan.
Mazkur to‘plam O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix institutida bajarilgan PZ-20170928402 “O‘zbekistonning o‘rta asrlar tarixi rasmiy hujjatlarda: muammoli jihatlar, talqin va tahlil (VII – XIX asr birinchi yarmi)” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida nashr etildi.