Tarix instituti bosh ilmiy xodimi "Mehnat shuhrati" ordeni bilan taqdirlandi.
2022-yilning 5-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan institutimiz bosh ilmiy xodimi tarix fanlari doktori Muhayyo Isoqova "Mehnat shuhrati" ordeni bilan taqdirlandi. Bosh ilmiy xodim institutning "Yangi davr tarixi" bo'limida faoliyat yuritadi. Bugungi kunga qadar tarix fani rivojida katta hissa qoʻshib kelayotgan Muhayyo Isaqova koʻplab yoshlarni tadqiqot ishlarini olib borishda rahbarlik qilib kelmoqda. Bosh ilmiy xodim soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda arxiv ishi taraqqiyoti va ommalashtirilishida ham oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda. Ushbu yuksak mukofot bilan ustozimizni tabriklaymiz!