Yangi kitob nashr etildi
Kuni kecha Tarix institutida yana bir xush xabar e'lon qilindi. Marhuma tarix fanlari doktori, professor Dono Ziyoyevaning muharrirligi ostida nashrga tayyorlangan kitob chop etildi.
Ushbu kitob “XIX – XX asr boshlarida o‘zbek xalqining intellektual-madaniy merosi: an'analar va transformasiya jarayonlari” mavzusidagi fundamental loyihasi doirasida tayyorlangan. Monografiyada XIX – XX asr boshlarida sharq va g‘arb tillarida yaratilgan, o‘zbek xalqi tarixi va madaniyati masalalari o‘z aksini topgan mahalliy va xorijiy asarlar, tarixiy qo‘lyozmalar, maxsus tadqiqotlar, ekspedisiya materiallari, davriy nashrlar, safarnomalar haqida ma'lumot beriladi. Kitob respublikamizning barcha kutubxonalariga yetkaziladi.