Mazkur monografiyada O‘zbekiston SSRning 1945 – 1983-yillardagi ijtimoiy va siyosiy faoliyati hamda respublika rahbariyatining bu jarayonlardagi o‘rni tahlil qilingan. Bu davrda O‘zbekiston SSRga rahbarlik qilgan birinchi siyosiy shaxslar: Usmon Yusupov, Aminjon Niyozov, Nuriddin Muhitdinov, Sobir Kamolov, Sharof Rashidov hamda davlat va xo‘jalik arboblari Yodgor Nasriddinova, Rahmonqul Qurbonov, Normuhanmadi Xudoyberdiyev va boshqalarning hayoti hamda faoliyati ilk marta yoritilgan.
Kitob O‘zbekiston tarixi va siyosiy shaxslar faoliyati bilan qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
Mazkur kitob «O‘zbekiston rahbariyatining 1945 – 1983 yillardagi ijtimoiy-siyosiy faoliyati» mavzusidagi amaliy granti (loyiha rahbari: t.f.d., prof. Q.K. Rajabov) doirasida 2018 – 2020-yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix institutining «Yangi tarix» bo‘limida nashrga tayyorlandi.