“O‘zbekiston tarixi” jurnalining 2021-yil 3-soni chop etildi. Unda Respublikamizning taniqli olimlari “O‘zbek davlatchiligi tarixining” muhim va dolzarb bo‘lgan masalalariga oid ilmiy maqolalarini e’lon qildi.
Jumladan, jurnalning birinchi va ikkinchi sahifalarida Milliy yetakchimizning mustaqilligimizning 30 yilligi va “Yangi O‘zbekiston” bog‘ining ochilishi marosimidagi so‘zlagan nutqlari bilan boshlanadi.
Bugun biz yagona xalq, yagona millat bo‘lib, ko‘zlagan yuksak maqsadlarimiz sari dadil bormoqdamiz. Vujudimizda, qonimizda ajdodlarimizdan meros buyuk qudrat jo‘sh urayotgan ekan, biz ezgu orzu va maqsadimiz bo‘lmish yangi O‘zbekistonni albatta bunyod etamiz. O‘zbekiston har tomonlama obod va farovon, erkin demokratik mamlakatga aylanadi – deb aytgan gaplarida ulkan ma’no va ayni haqiqat borligini ko‘rishimiz mumkin.
Shuningdek, milliy davlat va milliylik tushunchalari asrlar osha uni aytish yoki milliy qahramonlarimizga nisbatan tuhmat toshlarini yukini yelkamizda ko‘tarib yurish, vaqti soati kelib og‘riqli masalalarni ham ochiqchasiga boricha aytish, ilmiy asoslar bilan hujjatlar asosida bugungi kitobxonlarga yetkazishdek sharafli vazifa tarix fanlari doktori, professor Qahramon Rajabovning so‘zlari orqali ushbu jurnalimizdan joy oldi. Turkistonda milliy ozodlik harakatlarining qonga botirilishi adolatsiz tuzumning o‘zbek xalqining mard o‘g‘lonlari va milliy yetakchilarini tuhmat balosi bilan umrlariga zomin bo‘lishlaridik qora qabih ishlarning pardalari ochib berildi, o‘quvchiga aniq tushunarli va sodda rosmana tarixchi tilida yetkazildi. Yana muhim ma’lumot sifatida aytishimiz va dalillar asosida Ibrohimbek qo‘rboshi va uning safdoshlari haqida, xozirga qadar tarix fanining biror joyida e’lon qilinmagan arxiv materiallari asos sifatida “Hujjatlar tilga kirganda” sahifasida to‘liq shaklda berildi.
Undan tashqari, professor Shopo‘lat Shaydullaev, Ablat Xo‘jaev, Adhamjon Ashirov va hammualiflikda Bobur Aminov hamda Fayzxo‘ja Mahmudovlarning maqolalari ham tariximizning bugungi kungacha noma’lum, bahsli bo‘lib kelayotgan mavzulariga qo‘l urildi va mutaxassislarga yetkazildi.
2021-yildan boshlab yangicha ko‘rinish, milliy bezaklar asosida chop etilib kelinayotgan, “O‘zbekiston tarixi” jurnalining obunachilariga albatta manzur bo‘ladi deb o‘ylaymiz.
2022-yil uchun eski narxlarda obunalar davom etmoqda. Jurnalning qulayligi barcha maqolalar mutloq bepul nashr etiladi. Qiziqarli maqolalar berishga shoshiling.