Tarix instituti bosh ilmiy xodimi, professor Dilorom Agzamovna Alimovaning “Mahmudxo‘ja Behbudiy: Millat ehtiyojiga baxshida umr” nomli navbatdagi risolasi nashr etildi.

   Yangi kitob – Tarix instituti bosh ilmiy xodimi, professor Dilorom Agzamovna Alimovaning “Mahmudxo‘ja Behbudiy: Millat ehtiyojiga baxshida umr” nomli navbatdagi risolasi nashr etildi. Risolada buyuk ajdodimiz, millatning jonkuyari Mahmudxo‘ja Behbudiyning hayoti, ilmiy va ijodiy faoliyati turli manbalar asosida yoritilgan.


   Mazkur risola Turkistondagi jadidchilik harakati yo‘lboshchisi, ma'rifatparvar, adabiyotshunos, noshir va siyosatchi Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti, ijodi, tarixiy va siyosiy qarashlariga bag‘ishlangan. Uning asarlari va “Oyna” jurnalining tahlili asosida millat hamda Vatan ozodligi va ravnaqi yo‘lidagi faoliyati yoritib berilgan. Risolada shuningdek, Mahmudxo‘ja Behbudiyning tarixiy tafakkuri tahlil etilgan va uning turli asar hamda chiqishlarda Vatanimiz tarixiga oid bildirgan fikrlari bir joyga to‘plangan. Risola keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.