2022-yil 10-yanvar kuni Fanlar akademiyasi Tarix institutida Direktor kengashining joriy yildagi 1-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda “Yangi O‘zbekistonning 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi” Prezident farmoyishi loyihasiga xodimlardan kelib tushgan takliflar muhokama etildi. Shuningdek, “O‘zbekistonda 2022 – 2020-yillarda tarix fanini rivojlantirish kontseptsiyasi”ni tasdiqlashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat bilan bog‘liq to’plam loyihasi yuzasidan markaz boshlig‘i tarix fanlari doktori, professor A.Ashirov, bosh ilmiy xodim M.Isoqova tomonidan takliflar bildirildi. Loyihani qayta ko‘rib chiqish yuzasidan ko‘rsatma berildi.
Yig‘ilishda ilmiy xodimlar bilan 2022-yil uchun shartnoma tuzish masalasi bo‘yicha bo‘lim va markaz boshliqlarining ma’lumoti eshitildi. Unda 2021-yil yakuniy hisobot natijalari va ilmiy xodimlarning ish samaradorligiga ko’ra 2022-yil uchun shartnoma tuzilishi ta’kidlandi. 2022-yilda o‘tkaziladigan xalqaro va milliy miqyosda o’tkaziladigan yig‘inlarni o‘tkazish bo‘yicha ham mas’ullar belgilandi. Yig‘ilishda Yosh olimlar kengashining 2022-yilgi faoliyati bo‘yicha ma’lumot eshitilib, Yosh olimlar yig‘inini yilda ikki marta o‘tkazish taklifi ma’qullandi.Shuningdek, ilmiy loyihalarning bajarilishi, 2021-yili nashr etilmagan kitoblar, 2022-yilga belgilangan nashr ishlari, jumladan, “O‘zbekiston tarixi” jurnali bo’yicha kelib tushgan maqolalar, chop etiladigan ilmiy ishlar masalasi ham ko’rib chiqilib, tegishli topshiriqlar berildi.
Saodat Nazarova