Yuksak e'tirof
Shu yilning 25-dekabr kuni O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati tomonidan "O‘zbekiston madaniy merosi dunyo to‘plamlarida" kitob-albomi ustida ishlagan bir guruh olimlar hamda ushbu loyihani qo‘llab-quvvatlagan rasmiy shaxslar "Kelajak uchun meros" mukofoti hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
Tadbirda Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoev, bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘afurov, O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati raisi Firdavs Abduxoliqov hamda bir guruh olimlar, muzey rahbarlari ishtirok etishdi.