“O‘zbekiston tarixi” jurnalining 2022-yil sonlari uchun obuna boshlandi.

Jurnalga o‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixining dolzarb muammolariga oid ilmiy maqolalar e'lon qilinib boriladi. Ushbu maqolalar o‘zbekistonlik va xorijlik tarixchi olimlar tomonidan olib borilayotgan amaliy va fundamental tadqiqotlarning mahsuli bo‘lib, ularda oxirgi ilmiy yutuqlar to‘g‘risida ma'lumot berib boriladi. Shu bilan birgalikda jurnalga siz ham o‘z tadqiqotingiz yuzasidan ilmiy maqolalaringizni taqdim etishingiz mumkin. Jurnal tahririyati eng so‘nggi ilmiy yangiliklarni e'lon qilishda izlanuvchilarni qo‘llab-quvvatlaydi. 

Jurnalga obuna bo‘lish va qabul qilinadigan materiallarning tuzilishiga oid talablar haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun quyidagi Tarix institutining rasmiy sahifasiga http://fati.uz/site/journal va raqamlarga bog‘lanish mumkin:

Tel: 71 233-39-91, 71 233-54-70.