Tarix instituti bosh ilmiy xodimi Muhayyo Sirojiddinovna Isoqova "O‘zarxiv" agentligi tomonidan "SOHA IFTIXORI" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29 yilligi munosabati bilan Tarix instituti Yangi davr tarixi bo‘limi bosh ilmiy xodimi Muhayyo Sirojiddinovna Isoqova "O‘zarxiv" agentligi tomonidan "SOHA IFTIXORI" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Darhaqiqat, olima nafaqat tarix fanini, shu bilan birga arxivshunoslik, arxiv manbashunosligi, arxeografiya fanlarini rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda. Olimaga uzoq umr, oilaviy baxt, mustahkam sog‘lik va ilmiy ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz. Mashaqqatli, ammo sharafli ilm, tarix fani rivoji yo‘lidagi faoliyatida kuch-quvvat va omad yor bo‘lsin!