Bugun 6-dekabr Tarix instituti yosh olimlari tomonidan mamlakatimizda olib borilayotgan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ommaviy hashar o'tkazildi. Tadbirda ishtirokchilar tomonidan 100 ga yaqin manzarali daraxtlar o'tqazildi.
Obodonlashtirish ishlarida institut xodimlari faol ishtirok etdilar. Dastlab ekish uchun manzali daraxtlar olib kelindi va yosh olimlar belgilangan joyga daraxtlarni keltirdilar.
So‘ngra institut uchun ajratilgan maydonda ko‘chatlarni o‘tqazish ishi boshlanib ketdi. Ayniqsa, daraxtlarni ekish maydon yo‘laklarigacha bo‘lgan holda amaljga oshirildi.
Natijada, manzarali daraxtlar ekilgan maydon yanada kengayib, hudud obodonlashtirildi. Shu orqali institut yoshlari umummilliy loyihani qo‘llab-quvvatlash asnosida mamlakatimizni ko‘kalamzorlashtirish ishlariga o‘z hissalarini qo‘shdilar.