O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha "Harakatlar strategiyasi" va 2021-yil “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti yosh olimlari Qatag‘on qurbonlari tarixi muzeyiga tashrif buyurishdi.
Shahidlar xotirasi majmuasi tarkibida joylashgan muzey Vatanimiz ozodligi yo‘lida kurashgan, istiqlol uchun aziz jonini fido qilganlar xotirasiga bag‘ishlangan. Hurlikni, erkinlikni, taraqqiyotni istagani uchun, xalqning ma’rifatini oshirish yo‘lida ijod qilgani uchun minglab ajdodlarimiz qatag‘on qilingan. Tashrif davomida yosh olimlar har bir vatanparvar ota-bobolarimizning ibratli umri, avlodlarga qoldirgan ma’naviy merosi, umuman, istiqlol eng aziz, eng muqaddas ne’mat ekanligi yana bir teran anglashdi. Zero, bu yo‘lda shahid bo‘lganlarni yodga olish ham farz, ham qarz, insoniylikning eng yuksak namunasidir.
Tarix instituti
matbuot xizmati