Joriy yilning 30-noyabr sanasida O‘zbekiston Milliy arxivi binosida O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi, O‘zbekiston Milliy arxivi, Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi hamkorligida “MUSTABID TUZUMNING 1937-1938 - YILLARIDA O‘ZBEKISTONDA O‘TKAZGAN QATAG‘ON SIYOSATI VA UNING MUDHISH OQIBATLARI” mavzusida onlayn seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda O‘zbekiston Milliy arxivi, O‘zR Fanlar Akademiyasi Tarix instituti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Qatag‘on qurbonlari” davlat muzeyi hamda muzeyning Andijon bo‘limida faoliyat ko‘rsatayotgan olimlar, ilmiy xodimlar, professor-o‘qituvchilar, shuningdek, doktorant, tayanch doktorantlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Shuningdek, ushbu yig‘in ommaviy axborot xodimlari tomonidan suratga olindi. Ishtrokchilar O‘zbekiston Milliy arxivi tomondan maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandilar. Yig‘in barcha ishtrokchilarda katta taassurot uyg‘otdi.
Ushbu yig‘inda Tarix instituti bosh ilmiy xodimi tarix fanlari doktori (DSc) Muhayyo Sirojiddinovna Isakova ham ishtirok etib qatag‘on qilingan mustaqillik va taraqqiyot tarafdori bo‘lgan shaxslar haqida chiqish qildi. Yig‘in ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga javob berish bilan birgalikda bosh ilmiy xodim so‘nggi yillardagi olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarda ushbu muammoning o‘rganilishiga oid ma'lumotlarni ham o‘rtoqlashdi.