O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 30 yilligi hamda joriy yil 24-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan Prezident saylovi yakunlariga bag‘ishlab Bryusseldagi O‘zbekiston elchixonasida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda mamlakatimizning Belgiyadagi elchisi Dilyor Xakimov, Belgiya, Niderlandiyadan saylovda ishtirok etgan xalqaro kuzatuvchilar, jurnalist va fotomuxbirlar, xorijdagi vatandoshlar, jumladan, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix instituti tayanch doktorantlari Zufar Qoryog‘diyev hamda Shavkat Bobojonovlar ishtirok etdi.
Xalqaro kuzatuvchilar saylovning yuksak darajada o‘tganligi, fuqarolarning faol ishtirok etgani, ayniqsa, to‘plangan boy tajribani e’tirof etdi. Shuningdek, Belgiyadagi yosh vatandoshlar rahbari bayrog‘imizning yaralish tarixi, undagi ramzlar haqidagi ma’lumotlarni tadbir ishtirokchilariga o‘zbek va ingliz tillarida yetkazdi. Bundan tashqari tashrif buyurgan muxbirlar va mehmonlarni qiziqirgan savollarga javob berishdi. E'tirof etish lozim bo'lgan jihati shuki, so'nggi vaqtda O'zbekistonning Brusseldagi elchixonasida tashkil etilgan tadbirlarda Vatanimiz tarixi, millat madaniyatiga bo'lgan qiziqish ortib bormoqda. Institutimiz tayanch doktorantlari qatorasiga elchixonaning ikkinchi yig'iniga taklif etilganligi ham buning yaqqol na'munasidir.